NmaGap suhbat
Sardor Salyamov , Rajabboy Allayarov
0
Podkastda turli mavzulardagi suhbatlar, qiziqarli hikoyalar, odamlar haqidagi gap-so'zlar va hayotiy ko'rinishlar muhokama qilinadi. Har bir epizodda yangi mehmonlar va noyob voqealar haqida eshitasiz. Eshituvchilarga zavq bag'ishlash va fikr almashish maqsadida yaratilgan.
Osad
-
⚽️Prezident e'tirofidagi futbolchi! Eldor Shomurodov | NmaGap 13.08.2026 1t 50minJahon chempionatidagi ishtiroki, Portugaliya bilan tarixiy uchrashuv, bekor qilingan gollar, tanqidlar, Yevropadagi faoliyati va futbol ortidagi haqiqatlar haqida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori ilk bor bunchalik ochiq gapirdi."NmaGap"ning navbatdagi mehmoni futbolchi Eldor Shomurodov. Suhbat davomida:🔹 Nega Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatida ishtirok etmagani;🔹 FIFA, hakamlar va mish-mishlarga munosabat;🔹 Futbolchilar oladigan mukofot pullari;🔹 Yevropada o‘ynashning bosimi va tajribasi;🔹 Futbolchi hayotining ko‘rinmaydigan tomoni haqida gaplashdik. -
Mijozi tuzalmaydigan shifokor! Bobur Yoqubov | NmaGap 13.08.2026 2t 18minSud-med ekspertlari nima bilan shug’ullanishadi? ChatGPT “Zakovat”ni qiyinlashtirdimi? Yoshlar nega erta uylanmasligi kerak?Bu safargi “NmaGap”ning yangi sonida sud-tibbiy ekspert, “Zakovat” mutlaq chempioni Bobur Yoqubov bilan ikki soatdan ortiq davom etgan ochiq va samimiy suhbatni tomosha qilasiz.🎙 Suhbatda:• Sud-tibbiy ekspertlar aslida nima ish qilishi;• Murdaning qachon vafot etganini aniqlash mumkin yoki yo’qligi;• Donorlik, avtohalokatlar va oilaviy zo‘ravonlik haqida haqiqatlar;• “Zakovat”ga qanday kirib kelgani va uning eng og‘ir davrlari;• Nega 800 ta savoldan atigi bittasi efirga chiqishi;• ChatGPT intellektual o‘yinlarga qanday ta’sir qilishi haqida gaplashdik.Bu suhbat nafaqat “Zakovat” muxlislari, balki hayot, kasb va inson psixologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham qiziqarli bo‘ladi. -
“Surish” illyuziyalariga ishonmang! Behruz Bozorov | Germanya Hayoti 13.08.2026 3t 47minBehruz Bozorov — Germaniyadagi hayotni chiroyli kadrlar ortidan emas, o‘zi ko‘rgan va boshdan kechirgan voqealar orqali ko‘rsatadigan bloger va tarix fani o’qituvchisi.Xorijga ketish istagi, til bilmasdan ish topish qiyinligi, firibgarlarning yolg‘on va’dalariga ishongan yuzlab insonlar, vatanni sog‘inish, oila, jamiyatdagi stereotiplar va Germaniyadagi real hayot — suhbatda “bezatilmagan” mavzular ko‘p bo‘ldi.
Populaarne riigis
See taskuhääling on ka nende riikide taskuhäälingute edetabelites.