Lolazor Podcast
Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov
0
Lolazor Podcast offers different perspectives on everyday realities, featuring discussions by a group of Uzbek hosts including Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, and Lazizbek Hamidov.
ตอน
-
#73 PENSIYA YOSHI NEGA OSHIRILYAPTI? JAMG‘ARMA DIREKTORI BILAN SUHBAT | Lolazor podcast 16.09.2026 1ชม. 53นาทีPodkastimizning navbatdagi mehmoni Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Murodbek Atadjanov bo‘ldi. Biz u bilan kecha muhokamaga qo‘yilgan katta farmon loyihasi haqida gaplashib, tizimdagi o‘zgarishlar haqida batafsil suhbatlashdik. Xususan, Murodbek Atadjanov nega aynan hozir tizimda o‘zgarishga qo‘l urilgani, pensiya yoshi nega oshirilayotgani, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi, xususiy va korporativ pensiya jamg‘armalari, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun o‘zgarishlar va boshqa dolzarb masalalarga oydinlik kiritdi. -
#72 QIZAMIQ MOJAROSI, PARKOVKA JARIMASI VA SOTILAYOTGAN BOG‘CHALAR | Lolazor podcast 14.09.2026 2ชม. 19นาทีPodkastimizning 72-sonida asosiy muhokama mavzusi yaqinda sodir bo‘lgan qizamiq mojarosi bo‘ldi. Biz ushbu mavzu atrofida turli nazar tashladik, mutasaddilardan ayrim raqamlarni oldik va shu haqda gaplashdik. Bundan tashqari, Senat ma’qullagan alifbo, parkovka uchun jarima, sotilayotgan maktab va bog‘chalar haqida suhbatlashdik. Aytgancha, va nihoyat biz Otabek Bakirov va obunachimizga iPhone Air’ni topshirdik. Video davomida Otabek Bakirovning g‘alabasiga hissa qo‘shganlarni yaxshi yangilik kutib turibdi. -
#71 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH, VIZA MASALASI VA BOJ YENGILLIGI | Lolazor podcast 06.09.2026 2ชม. 18นาทีPodkastimizning 71-sonida hafta davomida sodiq bo‘lgan eng muhim voqea va hodisalarni muhokama qildik. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, hokim yordamchilari faoliyati, Hindiston va Tailand bilan viza masalalari, ShHT sammiti va uning atrofidagi gaplar, bojlar kamaytirilgani hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik. -
#69 PREZIDENT BILAN UCHRASHUV, MUDDATLI TOʻLOVDA OʻZGARISHLAR VA OSHIB KETGAN KIRISH BALLARI 03.09.2026 2ชม. 3นาทีPodkastimizning 69-sonida biz prezident va tadbirkorlar uchrashuvi tafsilotlari, unda ko’tarilgan masalalar saviyasi, davlat rahbari oldida qanday chiqish qilish kerakligi, kirish imtihonlari qanday o’tganligi, oliy ta’limning ahamiyati hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik. -
#70 MUSTAQILLIK BAYRAMI, SIYOSIY BAYONOT VA 300 MLRDLI MARRA | Lolazor podcast 31.08.2026 1ชม. 56นาทีPodkastimizning yubiley 70-soni Mustaqillik bayramiga to‘g‘ri keldi. Ushbu sonda biz Mustaqillik bayrami, undagi siyosiy nutq va yangi marralar, tariximizdan uyalmaslik, sud-huquq tizimi va boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, video davomida navbatdagi mehmonlarimizni anons qildik va oldingi songa yozilgan izohlarni ham o‘qidik. -
#68 ZAFAR HOSHIMOV: FARZAND TARBIYASI, “KORZINKA” VA CHEKLARDAGI MUAMMOLAR | Lolazor podcast 16.08.2026 3ชม. 12นาทีPodkastimizning 68-sonida “KorzinkaUz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov mehmon bo‘ldi. Biz taniqli tadbirkor bilan farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlar, Rossiya–Ukraina urushi, Korzinka’da ishlar qanday yo‘lga qo‘yilgani, raqobat, oxirgi paytlarda kuzatilayotgan cheklardagi muammolar hamda boshqa qiziqarli va dolzarb mavzularda suhbatlashdik. -
#67 DAVLAT FUTBOLGA PUL AJRATISHNI DAVOM ETTIRISHI KERAKMI? – DIYOR IMOMXO‘JAYEV | Lolazor 09.08.2026 2ชม. 20นาทีPodkastizmizning 67-sonida O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan “Bunyodkor” atrofidagi gaplar, klub o‘zi qanday qilib bu holatga kelib qolgani, davlat tomonidan professional futbol klublarning moliyalashtirilishi, klublarni xususiylashtirish, futbol va uning atrofidagi sohalarni bozor mexanizmiga o‘tkazish, O‘zbekistonning JChdagi ishtiroki va futbol atrofidagi boshqa masalalar haqida suhbatlashdik. -
#66 ENDI SUYULTIRILGAN GAZ NARXI OSHADIMI? GAZLASHMAGAN HUDUDGA CHEGIRMA BERILADIMI? – Lolazor 02.08.2026 2ชม. 14นาทีPodkastimizning 66-sonida energetika sohasidagi o‘zgarishlar, gaz ochiq bozorga chiqishi, yangilangan bekatlar, shaharlar betonlashishi, viloyatlardagi o‘zgarishlar, asosiy stavka nega o‘zgarmayotgani va boshqa muhim mavzularda suhblashdik. -
#65 YANGI ALIFBO, JCHDAGI ISHTIROK TAHLILI, 1 FOIZLI KESHBEK VA MAYDA PUL MUAMMOSI 12.07.2026 2ชม. 37นาทีPodkastimizning 65-sonida o‘zgarayotgan alifbo, O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki tahlili, uning atrofida bo‘lgan voqealar, p2p o‘tkazmalari nazorati, 1 foizli keshbek bekor bo‘lishi va Bobur Mansurov o‘z vaynida ko‘targan iqtisodiy muammoni muhokama qildik. -
#64 O‘ZBEKISTON GURUHDAN CHIQADIMI? XAYRULLA HAMIDOV – LOLAZOR podcast 15.06.2026 2ชม. 5นาทีPodkastimizning 64-sonida taniqli jurnalist Xayrulla Hamidov mehmon bo‘ldi (diqqat: suhbat 6-iyun kuni yozib olingan). Biz ustoz sharhlovchining Amerika safari oldidan futbol, xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi, O‘zbekiston chempionati, Jahon chempionati favoritlari haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, podkast davomida Xayrulla Hamidovning ozodlikdan mahrum qilingan yillari, “Real” – “Barsa” fenomeni, adabiyot va boshqa qiziqarli mavzulardagi mulohazalarni ham tinglashingiz mumkin. -
#63 UY-JOY MUAMMOSI, MTJ FORMASI, TUGATILAYOTGAN SENZURA VA ARMANISTON – Lolazor podcast 07.06.2026 2ชม. 1นาทีVa nihoyat, bir necha oydan so‘ng “Lolazor” jamoasi to‘liq tarkibda yig‘ildi. Podkastimizning yangi sonida Toshkentdagi uy-joy oldi-sotdisi va qurilishi, ijara bozori, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi formasi, shaharlarimizda sezilmayotgan Jahon chempionati shukuhi, kichik biznesga oid qabul qilingan qaror, Armanistondagi so‘nggi voqealar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Aytgancha, podkastimizning 61-sonida obunachilar e’lon qilingan tanlov natijasini ham e’lon qildik – iPhone Air g‘olibi aniqlandi. Uni video davomida ko‘rishingiz mumkin. -
#62 TARIXDAN TO‘G‘RI XULOSA CHIQARGAN NEMISLAR – Lolazor Germaniyada 23.05.2026 2ชม. 51นาทีLolazor jamoasi Germaniyada bo‘lib qaytdi va u yerdan tayyorlangan dastlabki videoni e’tiboringizga havola etadi. Biz bu safar odatiy formatimizdan chekinib, kuzatuvchilar uchun qiziqarli va foydaliroq kontent tayyorlashga harakat qildik. Ushbu video davomida 4 rezident Germaniyani 4 xil rakursdan ko‘rsatib beradi. Ularda iPhone Air yutib olish imkoniyati bor – uni qaysi rezidentga berishni esa siz hal qilasiz! Videoni tomosha qiling va bizga mukofotning haqiqiy egasini topishga yordam bering. Aytgancha, hali sizni Germaniyadan ko‘p qiziqarli kontentlar kutib turibdi. Ularni o‘tkazib yubormaslik uchun yangi YouTube kanalimizga obuna bo‘lib qo‘ying. -
# 61 “PESHLAVHALAR QIRG‘INI”, NAQDSIZ TO‘LOVLAR, 3 SMENALI MAKTABLAR VA HUSANOV EFFEKTI – Lolazor 29.03.2026 2ชม. 5นาที“Lolazor” podkasti davom etadi. Podkastimizning yangi sonida poytaxtdagi bekatlar va peshlavhalar “qirg‘ini”, naqdsiz to‘lovga o‘tish va buning narxlarga ta’siri, maktablar yetishmovchiligi va ularning yo‘llardagi tirbandlikka sababchi bo‘layotgani, o‘zbek futbol klublariga davlat budjetidan ajratilayotgan pullar va Husanov effekti haqida suhbatlashdik. Ha aytgancha, bu sonda maxsus tanlov e’lon qildik, unda ishtirok etib, iPhone AIR yutib olishingiz mumkin. Taymkod bilan qulayroq: -
#60 QURILISH VAZIRI – BOSH REJA, RENOVATSIYA, ESKROU, NOQONUNIY QURILISHLAR HAQIDA – Lolazor podcast 12.03.2026 2ชม. 55นาทีUzoq tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. 2026-yildagi dastlabki mehmonimiz Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bo‘ldi. Biz vazir bilan oxirgi paytlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Bosh reja, renovatsiya, shaharlarning bo‘yiga o‘sishi, noqonuniy qurilishlar, Qurilish vazirligining raqamlashtirish ishlari, qurilish kompaniyalari, yangi uy-joylar va ularning shartnomalari hamda boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. -
#59 MAXSUS SON: 2026-YILDA BIZNI QANDAY O‘ZGARISHLAR KUTYAPTI? – Lolazor podcast 01.01.2026 1ชม. 59นาที2026-yilning ilk “Lolazor” podkasti efirda! Biz 2025-yilning oxirgi kunlarida suratga olingan podkasti Prezidentning murojaatnomasi haqida bo‘ldi. Video davomida ushbu murojaatda qanday signallar berilgani, yangi yilda bizni qanday o‘zgarishlar kutayotgani va umidlar haqida suhbatlashdik. -
#58 OLTIN OSHSA, FAROVONROQ YASHAYMIZMI? Lolazor podcast 28.12.2025 2ชม. 14นาที“Lolazor” podkastining yildagi eng oxirgi sonlaridan birni suratga oldik. Ushbu sonda biz 2025-yilni sarhisob qilib, 2026-yildan umidlarimizni bildirdik. Podkast davomida biz yaponcha “tax free” tizimi, yaponcha byurokratiya va tizim sababli yuzaga keladigan qiziq holatlar, oltin oshishi va uning iqtisodiyotga ta’siri, deyarli unutilgan “Dok-1 Maks” ishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. -
#57 O‘TGAN SON TAHLILI, O‘ZBEKISTONNING JCHDAGI RAQIBLARI VA YO‘LLAR HAQIDA O‘YLAR. Lolazor 14.12.2025 2ชม. 2นาทีLolazor podkastning navbatdagi sonida 3 kishi yig‘ildik. Biz bu safar Karim Bahriyev bilan suhbat va uning atrofida bo‘lgan gaplar, viloyatlarni bog‘lovchi magistral yo‘llardagi muammolar, shahardagi o‘rtacha tezlik haqida suhbatlashdik hamda poyezd va samolyot chiptalari narxlarini solishtirib ko‘rdik. Shuningdek, video davomida Muhrim A’zamxo‘jayevning yangi ish joyi, gazeta va jurnallarning taqdiri, ChatGPTdan foydalanish bo‘yicha layfhak boshqalar haqida bilib olishingi mumkin. -
#56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast 07.12.2025 2ชม. 20นาทีLolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, ta’qiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. -
#55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MOGA QO‘SHILISHI – Lolazor 30.11.2025 2ชม. 21นาที“Lolazor” podkastining navbatdagi, 55-sonini suratga oldik. ChatGPT mehmonimizga aylangan epizodimizda biz Toshkentdagi ekologik vaziyat, sabab va oqibatlarni tushunish, ingliz huquqlari asosida ishlovchi hudud nima ekani, universtitetlar shahardan tashqariga ko‘chirlishi va ularning binolari sotilishi, persona non grata ro‘yxatini tezroq shakllantirish, Javohir Sindarov va “Neftchi” chempionliklari hamda boshqa qiziqarli mavzulardan suhbatlashdik. -
#54 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH, HAMMANI “AKA, AKA” DEYISH VA BOLALAR PULINI KESMASLIK HAQIDA – Lolazor 16.11.2025 2ชม. 2นาทีBiroz tanaffusdan so‘ng yana podkast suratga oldik. Bu safar uch kishi yig‘ilib, ko‘p mavzularni muhokama qildik. Jumladan, o‘lim jazosining ikkinchi tarafi, Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi, ijtimoiy davlat qanday bo‘lishi kerakligi, davlat birinchi marta ifloslangan havodan ogohlantirgani, hammani “aka-aka” deyish kerakligi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Mundarija:
ยอดนิยมใน
พอดแคสต์นี้ปรากฏในชาร์ตพอดแคสต์ของประเทศเหล่านี้ด้วย