Lolazor Podcast

Lolazor Podcast

Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, Lazizbek Hamidov
Pays Uzbekistan
Genres News, Society & Culture, News Commentary
Langue UZ
Épisodes 62
Dernier 23.05.2026

Lolazor Podcast offers different perspectives on everyday realities, featuring discussions by a group of Uzbek hosts including Otabek Bakirov, Muhrim A'zamxo'jayev, Qobil Xidirov, Xushnudbek Xudayberdiyev, and Lazizbek Hamidov.

Épisodes

  • #62 TARIXDAN TO‘G‘RI XULOSA CHIQARGAN NEMISLAR – Lolazor Germaniyada 23.05.2026 2h 51min
    Lolazor jamoasi Germaniyada bo‘lib qaytdi va u yerdan tayyorlangan dastlabki videoni e’tiboringizga havola etadi. Biz bu safar odatiy formatimizdan chekinib, kuzatuvchilar uchun qiziqarli va foydaliroq kontent tayyorlashga harakat qildik. Ushbu video davomida 4 rezident Germaniyani 4 xil rakursdan ko‘rsatib beradi. Ularda iPhone Air yutib olish imkoniyati bor – uni qaysi rezidentga berishni esa siz hal qilasiz! Videoni tomosha qiling va bizga mukofotning haqiqiy egasini topishga yordam bering. Aytgancha, hali sizni Germaniyadan ko‘p qiziqarli kontentlar kutib turibdi. Ularni o‘tkazib yubormaslik uchun yangi YouTube kanalimizga obuna bo‘lib qo‘ying.
  • # 61 “PESHLAVHALAR QIRG‘INI”, NAQDSIZ TO‘LOVLAR, 3 SMENALI MAKTABLAR VA HUSANOV EFFEKTI – Lolazor 29.03.2026 2h 5min
    “Lolazor” podkasti davom etadi. Podkastimizning yangi sonida poytaxtdagi bekatlar va peshlavhalar “qirg‘ini”, naqdsiz to‘lovga o‘tish va buning narxlarga ta’siri, maktablar yetishmovchiligi va ularning yo‘llardagi tirbandlikka sababchi bo‘layotgani, o‘zbek futbol klublariga davlat budjetidan ajratilayotgan pullar va Husanov effekti haqida suhbatlashdik. Ha aytgancha, bu sonda maxsus tanlov e’lon qildik, unda ishtirok etib, iPhone AIR yutib olishingiz mumkin. Taymkod bilan qulayroq:
  • #60 QURILISH VAZIRI – BOSH REJA, RENOVATSIYA, ESKROU, NOQONUNIY QURILISHLAR HAQIDA – Lolazor podcast 12.03.2026 2h 55min
    Uzoq tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. 2026-yildagi dastlabki mehmonimiz Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov bo‘ldi. Biz vazir bilan oxirgi paytlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan Bosh reja, renovatsiya, shaharlarning bo‘yiga o‘sishi, noqonuniy qurilishlar, Qurilish vazirligining raqamlashtirish ishlari, qurilish kompaniyalari, yangi uy-joylar va ularning shartnomalari hamda boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik.
  • #59 MAXSUS SON: 2026-YILDA BIZNI QANDAY O‘ZGARISHLAR KUTYAPTI? – Lolazor podcast 01.01.2026 1h 59min
    2026-yilning ilk “Lolazor” podkasti efirda! Biz 2025-yilning oxirgi kunlarida suratga olingan podkasti Prezidentning murojaatnomasi haqida bo‘ldi. Video davomida ushbu murojaatda qanday signallar berilgani, yangi yilda bizni qanday o‘zgarishlar kutayotgani va umidlar haqida suhbatlashdik.
  • #58 OLTIN OSHSA, FAROVONROQ YASHAYMIZMI? Lolazor podcast 28.12.2025 2h 14min
    “Lolazor” podkastining yildagi eng oxirgi sonlaridan birni suratga oldik. Ushbu sonda biz 2025-yilni sarhisob qilib, 2026-yildan umidlarimizni bildirdik. Podkast davomida biz yaponcha “tax free” tizimi, yaponcha byurokratiya va tizim sababli yuzaga keladigan qiziq holatlar, oltin oshishi va uning iqtisodiyotga ta’siri, deyarli unutilgan “Dok-1 Maks” ishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.
  • #57 O‘TGAN SON TAHLILI, O‘ZBEKISTONNING JCHDAGI RAQIBLARI VA YO‘LLAR HAQIDA O‘YLAR. Lolazor 14.12.2025 2h 2min
    Lolazor podkastning navbatdagi sonida 3 kishi yig‘ildik. Biz bu safar Karim Bahriyev bilan suhbat va uning atrofida bo‘lgan gaplar, viloyatlarni bog‘lovchi magistral yo‘llardagi muammolar, shahardagi o‘rtacha tezlik haqida suhbatlashdik hamda poyezd va samolyot chiptalari narxlarini solishtirib ko‘rdik. Shuningdek, video davomida Muhrim A’zamxo‘jayevning yangi ish joyi, gazeta va jurnallarning taqdiri, ChatGPTdan foydalanish bo‘yicha layfhak boshqalar haqida bilib olishingi mumkin.
  • #56 KARIM BAHRIYEV – ISLOM KARIMOV, SENZURA, “HURRIYAT” VA ZAPRETLAR HAQIDA. Lolazor podcast 07.12.2025 2h 20min
    Lolazor podkastining navbatdagi sonida taniqli jurnalist, yozuvchi va sobiq deputat Karim Bahriyev mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Islom Karimov shaxsiyati, uning faoliyati, senzuralar va senzorlar, “Hurriyat” gazetasi tarixi, matbuot, adabiyot, ta’qiqlar va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik.
  • #55 “PANDEMIYA REJIMI”GA QAYTISH, OSHKORA TOVBA QILISH VA OZARBAYJONNING MOGA QO‘SHILISHI – Lolazor 30.11.2025 2h 21min
    “Lolazor” podkastining navbatdagi, 55-sonini suratga oldik. ChatGPT mehmonimizga aylangan epizodimizda biz Toshkentdagi ekologik vaziyat, sabab va oqibatlarni tushunish, ingliz huquqlari asosida ishlovchi hudud nima ekani, universtitetlar shahardan tashqariga ko‘chirlishi va ularning binolari sotilishi, persona non grata ro‘yxatini tezroq shakllantirish, Javohir Sindarov va “Neftchi” chempionliklari hamda boshqa qiziqarli mavzulardan suhbatlashdik.
  • #54 AHOLINI RO‘YXATGA OLISH, HAMMANI “AKA, AKA” DEYISH VA BOLALAR PULINI KESMASLIK HAQIDA – Lolazor 16.11.2025 2h 2min
    Biroz tanaffusdan so‘ng yana podkast suratga oldik. Bu safar uch kishi yig‘ilib, ko‘p mavzularni muhokama qildik. Jumladan, o‘lim jazosining ikkinchi tarafi, Markaziy Osiyoda suv va energiya masalasi, ijtimoiy davlat qanday bo‘lishi kerakligi, davlat birinchi marta ifloslangan havodan ogohlantirgani, hammani “aka-aka” deyish kerakligi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Mundarija:
  • #53 YEVROPAGA VIZA OSONLASHADI, LOTINGA-KU OʻTYAPMIZ, LEKIN YOMGʻIR YOʻQ, YOMGʻIR. Lolazor podcast 26.10.2025 1h 28min
    Qatorasiga bir necha marta mehmonli sonlar o‘tkazgandan so‘ng o‘zimiz suhbatlashishga qaror qildik. Lolazor podkastining 53-sonida biz turli mavzularda gaplashdik, xususan, Yevropaga viza masalalari osonlashishi, sun’iy intellekt va undagi o‘zbek tili, 1000KITOB’ning uzoq kutilgan kitoblari, Yevropada skuterlarga haydovchilik guvohnomasi olish tartibi haqida gap bordi. Va albatta, deyarli an’anaga aylanganidek, bu safar ham alifboni ham unutmadik.
  • #52 OLDINGI VA HOZIRGI ADABIYOT, O‘ZBEK TILI VA BUGUNGI JAMIYAT – ULUG‘BEK HAMDAM. Lolazor podcast 20.10.2025 2h 27min
    Lolazor podkastining 52-sonini ham mehmon bilan o‘tkazishga qaror qildik. Bu safargi mehmonimiz yozuvchi va tarjimon Ulug‘bek Hamdam. Biz u bilan adabiyot, she’riyat, yozuvchi va mualliflar, o‘zbek adabiyoti va o‘quvchisining hozirgi holati, zamonaviy yozuvchilar, o‘zbek tili hamda bugungi jamiyatning tashxisi haqida suhbatlashdik.
  • #51 AQSHGA TASHRIF, JURNALISTIKA VA KARIMOV DAVRIDAGI FAOLIYAT — SHERZODXON QUDRATXOʻJA. Lolazor 06.10.2025 2h 10min
    “Lolazor” podkastining navbatdagi sonida O‘zJOKU rektori va Milliy media assotsatsiyasi raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja mehmon bo‘ldi. Biz u bilan Prezidentning AQShga tashrifi, hozirgi va avvalgi jurnalistika, Press klub, Islom Karimov va uning davridagi faoliyati hamda boshqa mavzularda suhbatlashdik.
  • #50 ISLOM KARIMOV, “HURRIYAT”, ADABIYOT VA FUTBOL — XURSHID DOʻSTMUHAMMAD BILAN SUHBAT — Lolazor podkast 28.09.2025 2h 33min
    Bu – “Lolazor” podkastining 50-soni. Biz ushbu yubiley songa yozuvchi, jurnalist Xurshid Do‘stmuhammadni mehmon sifatida taklif etdik. Video davomida birinchi prezident davri, u bilan xotiralar, “Hurriyat” gazetasi bosh muharrirlidagi qiziq voqealar, adabiyot va yozuvchilar, futbol va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Bu safargi sonning yana bir e’tiborli jihati shundaki, ushbu sonda barcha rezidentlar ishtirok etdi – “to‘y to‘ydek bo‘ldi”.
  • #49 YO‘LLAR, TA’LIM TIZIMIDAGI O‘ZGARISHLAR, IJTIMOIY HIMOYA TIZIMI HAQIDA O‘YLAR – Lolazor podcast 14.09.2025 1h 58min
    Qisqa tanaffusdan so‘ng “Lolazor” podkasti qaytdi. Bu safar O‘zbekiston yo‘llari, Olmaota va Toshkent infrotuzilmasi, ijtimoiy himoya tizimidagi muammolar, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, ismli avtoraqamlar va boshqa dolzarb mavzular haqida suhbatlashdik. Shuningdek, Muhrim A’zamxo‘jayev “gul voqeasi” bo‘yicha rasmiy munosabat berdi.
  • #48 VAZIRLIKLARDA KO‘PROQ VAKOLAT VA MUSTAQILLIK BO‘LISHI KERAK – ODILBEK ISAKOV | Lolazor podcast 25.08.2025 2h 9min
    Podkastimizning navbatdagi soni mehmoni – “Finasia Capital” konsalting kompaniyasi rahbari, sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov bo‘ldi. Biz mehmon(lar) bilan UZIMEI, bojlar, banklar transformatsiyasi, iqtisodiy o‘zgarishlar, Isakovning Buyuk Britaniyadagi faoliyati va hayoti haqida suhbatlashdik.
  • #47 TARIX DARSLIGIDA ISLOM KARIMOVNING O‘LIMI HAQIDA NIMA DEYILGAN? – Lolazor podcast 17.08.2025 1h 56min
    Lolazor podkastining navbatdagi soni maxsus mehmoni – Otabek Bakirov. Biz bu safar tarix, raqamlashtirishdagi muammolar, iqtisodiyot raqobatbardoshligi, shaharda tezlik 80 km/sgacha ko'tarilishi va boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik hamda talab va taklif qonuniyatining amaliy misollarda ko'rib chiqdik.
  • #46 IZOHLARGA JAVOBLAR, “ENERGOHANGOMALAR” VA HAFTA MAVZULARI — Lolazor podcast 03.08.2025 1h 15min
    “Lolazor” podkastining 46-sonida sizlar yozgan izohlarni ko‘proq o‘qishga harakat qildik, shuningdek, xususiy universitetlar, futbol, sun’iy intellekt, podkastdagi ehtimoliy o‘zgarishlar va hokazolar haqida suhbatlashdik. Va albatta, “qadrdon” mavzular – yo‘llardagi muammolar va energetika haqida ham unutmadik.
  • #45 Daraxt kesish, qurilish bozoridagi lobbizm, GPT-qarorlar va yana yo‘llar – Lolazor podcast 20.07.2025 2h 6min
    “Lolazor” podkastining 45-sonida ko‘plab talab va istaklarga binoan Otabek Bakirov mehmon bo‘ldi. Biz ushbu sonda daraxtlar qadri, qurilish bozoridagi lobbizm va palapartishliklar, tungi iqtisodiyot, AI-80 benzinidan voz kechish, “GPT-qarorlar”, YHXga oid yaxshi/yomon o‘zgarishlar va ko‘plab boshqa mavzularda suhbatlashdik.
  • #44 ROSSIYA-OZARBAYJON, TOSHKENT QURILISHLARI, PREZIDENT VA YOSHLAR – Lolazor podcast 06.07.2025 1h 25min
    “Lolazor” podkastining 44-sonida Yangi va eski Toshkent, turli hududlardagi qurilishlar, Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi ziddiyat, Klublar o‘rtasidagi JCh, IIB xodimlari imidji, Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi va yana ko‘plab boshqa mavzularda suhbat qurdik.
  • #43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada 15.06.2025 2h 39min
    Lolazorning navbatdagi soni Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida suratga olindi. Unda biz O‘zbekistonning Expo-2025 dagi ishtiroki va noyob paviloni, ikkala yurtni bog‘lab turadigan madaniy rishtalar va yaponlarning nafaqat biz, balki butun dunyodan ilgarilab ketgan jihatlarini muhokama qildik.

Populaire dans

Ce podcast figure aussi dans les classements de podcasts de ces pays.